Ijtimoiy tarmoqlarda Dubaydagi balandligi Burj Xalifa osmono‘par binoni yashin urishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Uni Dubay voris shaxzodasi Shayx Xamdan bin Muhammad bin Rashid Al-Maktum joylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Burj-Xalifa (Xalif minorasi) - dunyodagi eng baland bino hisoblanadi. Uning balandligi 828 metr bo‘lib, bino 2010-yilda ochilgan. Binoda 163 qavat bor. Binoning tepasida uzunligi 180 metr bo‘lgan shpil (nayzasimon temir) o‘rnatilgan.
Bino uchidagi uzun shpil antennalar o‘rnatish gromootvod vazifasini bajaradi. Gromootvod – yashin zaradini elektr simlari orqali yerga o‘tkazib, binoni yong‘indan himoya qiladi.
Aytish joizki yashin elektr zaradini yerga o‘tkazuvchi qurilmalar barcha baland binolarda o‘rnatiladi. Wikipedia xabariga ko‘ra, misdan yasalgan xuddi shunday qurilmalar hattoki qadimiy Misr va Quddusdagi ibodatxona va minoralarida ham bo‘lgan ekan.