TOShKENT, 15 apr – Sputnik. AQShning Los-Anjeles shahri yaqinida joylashgan aeroportda 13-aprel kuni dunyoda eng ulkan samolyotning birinchi pavozi amalga oshirildi.
Dunyoning eng ulkan samolyoti ikki fuzelyajga ega bo‘lib, qanotlari kengligi 117 metrni tashkil qiladi. Samolyot 6 ta Boing dvigatellari, 28 ta g‘ildirak bilan jihozlangan.
Stratolaunch Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu gigant samolyotning asl maqsadi raketa, sun’iy yo‘ldosh va ko‘p martali kosmik kemalarni Yer yuzidan 16 000 metr balandlikka olib chiqishdir. 16 km balandlikda, yer sharining torish kuchi sezilarli darjada past bo‘lganligi tufayli kosmik kemalar kamroq energiya sarf qilgan holda koinotga parvoz qilishldari mumkin. Kompaniya ushbu samolyot yordamida birinchi sputnikni 2020-yilda koinotga uchrishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kunga qadar dunyoning eng yirik samolyoti sobiq Ittifoqda ishlab chiqilgan An-225 Mriya harbiy-transport samolyoti edi. Samolyot qanotlari kengligi 88 metr bo‘lib u ham 6ta dvigatel bilan jihozlangan. Uning yuk ko‘tarish qobiliyati 250 tonnagacha bo‘lgan.
Low approach! #stratolaunch @Stratolaunch @NASASpaceflight pic.twitter.com/HxeUmuxsGX
— Jack Beyer (@thejackbeyer) 13 aprelya 2019 g.