Toqayev o‘zbek-qozoq munosabatlari haqida nima dedi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yon qo‘shnim – jon qo‘shnim” deb ifoda berdi Qosim Jomat Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlariga.

TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga uyushtirilishi kutilayotgan davlat tashrifi oldidan O‘zA ga batafsil intervyu berdi. 

Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Tokayev nima uchun Toshkentga kelmoqda - rossiyalik ekspert

Intervyuda Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlarini o‘zbek maqoli bilan ifodalab “Yon qo‘shnim – jon qo‘shnim” deb baholadi va ikki davlat munosabatlardan butun  Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikning muhim omili ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Qozog‘iston yili

Toqayev ushbu tadbirlarda o‘zbekistonliklar faol ishtirok etishlariga ishonch bildirib, ishbilarmonlar va siyosatchilar uchun biznes-forumlar, talabalar uchun ta’limga oid ko‘rgazmalar o‘tkazilshi rejalashtirilganini ta’kidladi.

Undan tashqari, zamonaviy chegara va bojxona infratuzilmasini yaratish, mamlakatlar sayyohlik salohiyatini mustahkamlash haqida gapirdi.

Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Tokayev Qozog‘iston tashqi siyosati o‘zgarmasligini ma’lum qildi

Siyosat

Markaziy Osiyoning jahon siyosatidagi o‘rni va so‘nggi yillarda Bzejinskiy kabi g‘arbiy  ekspertlarning Markaziy Osiyo davlatlari taqdiriga doir prognozlari haqida, Toqayev, oldingi yillarda prognoz qilingan ko‘plab salbiy ssenariylar amalga oshmaganini va aksincha davlatlar orasida barcha sohalarda munosabatlar rivojlanayotganini aytdi.

“Darhaqiqat, mustaqillikka erishilgandan boshlab ko‘plab ekspert va kuzatuvchilar aksar hollarda Markaziy Osiyo taraqqiyotining salbiy ssenariysini prognoz qilgan edi. Mamlakatlarimizning parchalanib ketishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan terrorizm xavfining kuchayishi, qandaydir «xalifat»ga aylanishi, ichki nizolar, iqtisodiy va ijtimoiy tanazzullar bashorat qilingan edi.

Biroq Markaziy Osiyoni “bolqonlashtirish” prognozlari ro‘yobga chiqmadi. Markaziy Osiyodagi har bir davlatning mustaqillik yillaridagi dadil qadamlari mintaqada barqarorlikni saqlash imkonini berdi, bu esa uzoq muddatli izchil taraqqiyotga mutahkam poydevor qurishda muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi Qozog‘iston prezidenti.

“Shuningdek, prezident aytishiga ko‘ra, mintaqalashtirish va kooperatsiyasiz uzoq muddatli va barqaror taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi... Qozog‘iston barcha manfaatdor davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllari uchun ochiqdir”, - dedi Toqayev.  

Ushbu intervyuning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0