To‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga olib kelindi

“Uzbekiston xavo yullari” peredali noviy Boeing 787 Dreamliner
“Uzbekiston xavo yullari” peredali noviy Boeing 787 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo yo‘llarining to‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga kelib qo‘ndi.

TOShKENT, 14 apr - Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari buyurtmasiga asosan tayyorlangan to‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga olib kelindi, deb xabar qilmoqda MAK matbuot xizmati.

“13 aprel kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining samolyotlar parki to‘rtinchi yangi avlod layneri Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bilan to‘ldirildi. Samolyot - aviaparkni yangilash sarmoya dasturi doirasida, parvozlar xavfsizligini va raqobatdoshligini ta’minlash maqsadida sotib olindi”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari 2008-yilda Boeing korporatsiyasidan 2ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib olish haqida qiymati 250 million dollar bo‘lgan shartnoma imzolagan edi. Samolyotlar 2016-yilning ikkinchi yarmida yetkazib berilgan edi.

2018 yilning yanvar oyida MAK Boeingdan yana 4ta Dreamliner sotib olish haqida shartnoma imzoladi. Shartnoma miqdori e’lon qilinmagan. Samolyotlar 2021-yilga qadar yetkazib berilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0