TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Turkiyalik mashhur aktor, yaqnda Toshkentda muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazgan Burak O‘zchivit ota bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Turkiya nashrlari.
Burak O‘zchivitning rafiqasi Faxrie Evdjen o‘g‘il farzand ko‘rgan. Bolakay sog‘lom tug‘ilgan. Bolakayga Karan deb ism qo‘yishgan. Tug‘ilgan vaqtida uning og‘irligi 3,67 kg va bo‘yi 52 smni tashkil qilgan.
Burak O‘zchivit bolasi tug‘ilish vaqti rafiqasining yonida bo‘lgan va uni qo‘llab quvvatlab turgan. Aktor aytishiga qaraganda, u juda xavotir olgan.
Xabarday aytilishiga ko‘ra, bolakayning va aktor rafiqasining sog‘ligi juda yaxshi. Tez kunda ular tug‘ruqxonadan chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan 2 oy oldin turkiyalik yosh aktor Toshkenga safar qilgan va u yerda o‘z muxlislri bilan uchrashgan, Toshkent yodgorliklarini tomosha qilgan hamda master-klasslar tashkil qilgan edi.