AQShda qotil-belanchaklar savdodan qaytarib olinmoqda

© CPSCLyulka Rock ‘n Play ot kompanii Fisher-Price
Lyulka Rock ‘n Play ot kompanii Fisher-Price  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda 30 dan ortiq chaqaloqning o‘limiga sabab bo‘lgan “Fisher-Price” belanchaklari savdodan qaytarib olinmoqda.

TOShKENT, 14 apr – Sputnik. AQShda bolalar mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Fisher-Price” kompaniyasining “Rock ‘n Play” belanchaklari savdodan qaytarib olinadi, deb xabar qildi AQShning iste’mol tovarlari xavfsizligi komissiyasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2009-yilda ushbu belanchaklar savdoga chiqarilgan kundan boshlab 30dan ortiq bolalar o‘zlimiga sabab bo‘lgan. Chaqaloqlar belanchakda qorni bilan yoki yoni bilan yotgan holda vafot etgan.

“Kompaniya ayni damda savdoda bo‘lgan 4,7 millionga yaqin mahsulotlarini qaytarib olishi kerak. Agar sizda ana shunday belanchak bo‘lsa, undan foydalanishni  darhol to‘xtating va uni ishlab chiqaruvchiga qaytarish choralarini ko‘ring ”, - deyilgan xabarda.  

Ma’lumot uchun, Fisher-Price okmpaniyasi mahsulotlari Rossiya va MDH hududida ham keng sotiladi. Yuqorida qayd etilgan belanchaklar savdo markazlarida $ 40 dan $ 149 bo‘lgan narxlarda sotilgan. Belanchaklar Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0