TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov 2018-yilda 12,795 million rubl, uning rafiqasi, figurachi Tatyana Navka esa - 218,6 million rubl daromad qilgan. Bu haqda daromadlar deklaratsiyasida ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, 2017 yakunlariga ko‘ra Peskov 14,343 million, Navka esa 200,385 million daromadi bilan eng badavlat kreml xonimlaridan biriga aylangan.
Navka bu gal deklaratsiyasida ikkita yer uchastkasi, ikkita turar-joy, Rossiya hududida joylashgan uchta kvartira va bitta mashina uchun mo‘ljallangan joyni ko‘rsatib o‘tgan. Olimpiya chempioni ikkita Mercedes avtomobiliga va motovezdexodga ega.
2017 yilda Navka o‘z deklaratsiyasida AQShda kvartiraga egalik qilishi haqida ko‘rsatib o‘tgan edi, ammo ayni vaqtda figurachi mol-mulki ro‘yxatida bu ko‘chmas mulk, xuddi Lexus avtomobili singari mavjud emas.
2016 yilda Peskovning shaxsiy daromadi 12,8 million rublni tashkil qilgan, 2015-yilda esa - 36,7 million rubl. Rossiya rahbari matbuot-kotibi daromadi hajmini merosxo‘rlik huquqiga kirgani bilan izohlagan. 2014-yilda Peskov 9,18 million rubl, 2013-yilda esa - 9,21 million rubl daromad qilgan.