Rossiya o‘z chegarasi atrofida "yaxshi qo‘shnichilik kamarini" kuchaytiradi, dedi Lavrov

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGlava MID RF Sergey Lavrov
Glava MID RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yevropa Ittifoqi tenghuquqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayanuvchi jarayonlarga tayyor bo‘lsagina bizga qo‘shilishi mumkin", - deb bayonot qilgan Lavrov.

TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Rossiya o‘z chegaralari perimetri bo‘ylab "yaxshi qo‘shnichilik kamarini" kuchaytiradi, deb bayonot qildi RF TIV rahbari Sergey Lavrov.

Zapusk noveyshey raketi «Avangard” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya to‘rt yo‘nalishda urush boshlaydi, deya bashorat qildi Ukrainaning AQShdagi sobiq elchisi

"Biz chegaralarimiz perimetri bo‘ylab yaxshi qo‘shnichilik kamarini kuchaytirish ustida ishlaymiz. Bu ishni qo‘shnilarimiz bilan ikkiyoqlama kanallar orqali, shuningdek, ushbu makonlarda tashkil topib, faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar liniyasi orqali ham amalga oshiramiz", - deb bayonot qildi vazir, Diplomatiya akademiyasi talabalari va domlalari oldida chiqish qilar ekan.

Lavrov, xalqaro tashkilotlar deganda, ODKB, YeOII, MDH va ShHTni nazarda tutganiga aniqlik kiritgan.

"Albatta, bizning ustuvor vazifamiz - bu Rossiya prezidenti tashabbusi bo‘lgan - YeOII, Shanhay hamkorlik tashkiloti, ASEAN mamlakatlari ishtirokida ulkan Yevroosiyo sherikligini shakllantirishni amalga oshirish. Shu bilan birga, biz nafaqat bu ulkan sheriklikni vujudga keltiramiz, balki behudud yevroosiyo materigida joylashgan, xususan, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi boshqa mamlakatlar uchun ham eshiklarimizni ochiq qoldiramiz. Yevropa ittifoqi tenghuquqlik asosida va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayanuvchi jarayonlarga tayyor bo‘lsagina bizga qo‘shilishi mumkin", - deb qo‘shimcha qilgan Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0