TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Buxorolik haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzish bo‘yicha 1 milliard so‘mdan ortiq jarima ogohlashtirish xati keldi. Bu haqda "Darakchi" nashri xabar qildi.
Jarimaning surati internetda tarqaldi.
“Lacetti” haydovchisiga kelgan jarimaning aniq miqdori 1 milliard 13 million 652 ming 19 so‘mni tashkil qildi.
Internet foydalanuvchilari bu masalada hazil qilishni boshlashdi:
“U vertolotni quvib o‘tdimi?”;
“Ha, bu "vip-tarif" narxi bo‘lsa kerak”;
“Ikkita bundan jarima – kosmosni o‘rgansa bo‘ladi”.
Foydalanuvchilardan biri so‘zlariga ko‘ra, bu jarima qarori uning tanishiga kelgani va jarimaning miqdori noto‘g‘ri yozilganini aytadi.
Ta’kidlashicha, kompyuterda xatolik bo‘lib, umumiy qiymatga yil - 2019 raqamini qo‘shib borgan. Aslida esa jarima 101 365 so‘m bo‘lgan.