TAShKENT, 10 apr - Sputnik. Potrebitel.uz sahifasi xo‘randalar internetda yozib qoldirgan 1300 dan ortiq maqtov va tanqidlarni o‘rganish natijasida Toshkent kabobxonalarining reytingini tuzdi.
“Biz 2018-2019 yilllar davomida 25 marotaba bo‘lib o‘tgan muhokamalarni tahlil qilib, qoldirilgan barcha izoh, tanqid, maqtov va 1357ta “layk”larni hisoblab chiqib Toshkentda eng mazali kabob pishiradigan kafe, choyxona va restoranlar reytingini tuzdik”, - deb yozadi Potrebitel.uz.
Reytingda jami 208ta kafe, choyxona va restoranlar kiritilgan bo‘lib, ulardang eng ko‘p bal jamlagan 30 tasi quyidagi diagrammaga kiritilgan.
“Ko‘rib turganingizdek, eng mazali kabob reytingi yetakchilari Chalagach, Chig‘atoydagi kabobxonalar va “U Vlada” kafesi sazovor bo‘ldi. Ular bizdan “Oltin tipratikan” beligisni olishadi”, - deyilgan xabarda.
Reyting qanday hisoblandi
Facebookdagi Potrebitel.uz guruhida 2018-yil yanvar va 2019-yil apreliga qadar bo‘lib o‘tgan bir necha muhokamalar davomida qoldirilgan maqtov va tanqidlar hisoblab chiqilgan. Ushbu muhokamalarga ssilkalar quyida keltirilgan.
Jamlangan ma’lumotlarda har bir maqtov +1 ball, tanqid -1 ballga hisoblab chiqilgan. Reyting bali esa maqtovlar sonidan tanqidlar soni olib tashlanganda hosil bo‘lgan natijadir.
Agar biror oshxona nomi reytingda keltirilmagan bo‘lsa, bu yening yaxshi yoki yomon ekanini bildirmaydi, shunchaki uni 218 ming ishtirokchidan hech kim tilga olmagan xolos.
Ushbu reyting tuzishda hech qaysi kompaniya homiylik qilmagan va unda yashirin reklama yo‘q. Reyting faqat ijobiy va salbiy izohlar asosida tuzilgan.