Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Obyedinennix Arabskix Emiratov
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Obyedinennix Arabskix Emiratov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganiga yuksak baho berdi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganiga yuksak baho berib, joriy yilning mart oyida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishda yangi bosqichni boshlab bergani qayd etdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Obyedinennix Arabskix Emiratov
Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Obyedinennix Arabskix Emiratov

Tashrif yakunida muhim kelishuvlarga erishildi, jumladan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Ularni to‘liq amalga oshirish maqsadida mamlakatda tegishli “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

Birlashgan Arab Amirliklarining davlat boshqaruvi va innovatsion rivojlanish sohasidagi ilg‘or tajribani joriy etishda o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Mirziyoyev O‘zbekiston-BAA kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shuningdek, vazir Muhammad al-Qarqoviy O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatining mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini bildirdi.

O‘zbekiston - BAA munosabatlari

Yangiliklar lentasi
0