TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Rossiyaning Saxalin viloyatidagi qurilish maydonida vafot etgan ishchi bo‘yicha O‘zbekiston TIV rasmiy ma’lumot berdi.
11 Aprel 2019, 12:57
“O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra Rossiyaning Saxalin viloyatidagi qurilish maydonida vafot etgan ishchi mamlakatimiz fuqarosi emas”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur fakt Janubiy Saxalinsk shahri tergov organlari vakili tomonidan tasdiqlangan hamda OAVlarda tarqalgan rasmiy xabarda texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 10-aprel kuni Janubiy Saxalinskdagi suv kompleksiga ega mehmonxona qurilish maydonchasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.