Olti yilga qamalgan Islom To‘laganov 1-yil 8 oyda qamoqxonadan chiqdi

Obuna bo‘lish
Tibbiyot kolleji talabasini o‘limida aybdor deb topilib, 6-yilga qamalgan Islom To‘laganov 1-yil 8 oyda qamoqdan chiqdi.

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimoyning o‘limida aybdor deb qamalgan Islom To‘laganov 1-yilu 8 oydan so‘ng qamoqdan chiqdi. Bu haqida mahalliy OAVlar xabar qilmoqda.

Jasur Ibrohimovning o‘limida ayblanayotgan Islombek To‘laganovga sud hukmi o‘qildi. - Sputnik O‘zbekiston
Islom To‘laganov 6-yilga qamaldi

Oliy Sud ma’muriyati xabariga ko‘ra, Navoiy viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 2018-yilning 20-dekabrida Islom To‘laganovga qamoq jazosini majburiy mehnat jazosiga almashtirish haqida qonun chiqargan ekan.

“Islombek To‘laganov jazoning o‘talmagan qismini, maoshining 20%ini davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan, 4-yil 15 kun muddatda majburiy mehnat jazosi bilan almashtirilsin”, - deyilgan qarorda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning may oyida sodir bo‘lgan voqeani haligacha ko‘pchillik yaxshi eslaydi. O‘shanda Toshkentdagi Borovskiy nomli kollej talabasi Jasur Ibrohimov bir guruh talabalar kaltaklashi oqibatida vafot etgan edi.

Tergov jarayonida ushbu jinoyatda aybdor deb Islom To‘laganov topilgan va 2017-yilning oktabr oyida uni 6-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0