TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Moskvada Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar skinxed-qotilni ushlashib, politsiyaga topshirishdi. Bu haqda Moskva Tergov boshqarmasi xabar qildi.
Dastlab 55 yoshli Aleksandr Golovanov amaldor Karina Vartanovani o‘ldiradi, bir necha kundan so‘ng qozog‘istonlik migrantga pichoq bilan jarohat yetkazadi.
Jabrlangan shaxs og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Ta’kidlanishicha, Golovanov skinxed harakatiga a’zo bo‘lgani aniqlangan va tashqi ko‘rinishi slavan bo‘lmagan shaxslarga hujum qilish bilan shug‘ullangan.
So‘roq vaqtda jinoyatchi 2-aprel kuni ayolga hujum qilib, unga pichoq bilan jarohat yetkazganini tan oldi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, jinoyatchida ruhiy kasallik alomatlari bo‘lishi mumkin.
Hozir politsiya manyak harakatlaridan jabrlangan shaxslarni qidirmoqda.