TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi o‘zaro hamkorlikda ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga oid ko‘rgazmali shakldagi eslatmalar tayyorladi.
“Hurmatli ota-onalar! Agar Siz farzand tarbiyasida, u bilan munosabatda va muloqotda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Telefonlar:
Toshkent sh. - 71-281-50-18
Farg‘ona sh. - 73-244-54-71
Samarqand sh. - 66-233-69-09
Ko‘rgazmali eslatma to‘liq matni bilan Bosh prokuraturasi telegramm kanalida tanishingiz mumkin.