Sergelida qurilayotgan arzon uy-joylar bo‘yicha e’tirozlar yuzasidan bayonot berildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Stroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holatni ijobiy hal etish maqsadida tezkor ishchi guruh tuzilib, masala chuqur o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar bo‘yicha bildirilayotgan e’tirozlar yuzasidan bayonot berdi.

Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu e’tirozlarning asosiy qismi uy-joylarning narxi oshgani bilan bog‘liq. Hokimiyati vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

“Aholi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun doirasida ushbu holatni ijobiy hal etish maqsadida tezkor ishchi guruh tuzilib, masala chuqur o‘rganilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ishchi guruh tarkibiga Toshkent shahar hokimiyati, Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmen), Qurilish vazirligi, banklar hamda “O‘zshaxar qurilish invest” injiniring kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlardan mansabdor shaxslar kiritilgan.

Axborot urushi: Toshkent hokimligi uy-quruvchilar "hujumi"ga javob berdi

Shuningdek, aholi vakillari bilan uchrashib, e’tirozlarini o‘rganish, fuqarolar xuquqlarini ta’minlagan holda vaziyatni ijobiy hal etish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0