TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Bugun 10-aprel kuni Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik forumida ma’ruza o‘qidi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.
Samarqand viloyati delegatsiyasi Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida o‘tkazilayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik forumida ishtirok etdi.
12 ta davlat rasmiy vakillari va 400 ga yaqin ishbilarmonlari ishtirok etayotgan mazkur forumda Samarqand viloyati investitsiya, savdo-eksport va turizm salohiyati yoritib berildi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Samarqand haqidagi ma’ruza va taqdimoti forum ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi. Delegatsiya a’zolari xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar olib borishdi.
Viloyat delegatsiyasi a’zolari 10-12 aprel kunlari o‘z faoliyatini Shandun provinsiyasining Szinan, Shouguan va Sindao shaharlarida davom ettiradi, deyilgan xabarda.