Osmonning 50 rangi yoki mashhur Rishton kulolchilik san’ati

Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysida joylashgan Rishton shahri qadimdan o‘zining kulolchilik san’ati bilan tanilgan. Sputnik muxbiri Rishtondagi ustoxonalardan birida suratga olgan videoni tomosha qiling.

Usta-kulol Rustam Usmonov aytishiga qaragandan Rishton kulolchiligida qizil tuproqqa hech nima qo‘shilmasdan foydalaniladi.

Shakl berilgan buyum avval quritiladi, keyin angobga botiriladi va yana quritiladi. Undan so‘ng esa olovda ilk bor kudiriladi.

Keyingi bosqichda buyumlarga rang berilib, naqshlar chiziladi. Ustalar bunda asosan uch xil bo‘yoqlardan foydalanishadi: kobalt oksidi (ko‘r rang uchun), kumush (yashil rang uchun) va marganes (jigarrang uchun). Naqsh chizilgan buyum ustiga sir (glazur, emal) bilan qoplanadi va yana olvda toblanadi. Toblanish jarayonida sir erib, shaffof rangga kiradi.

Mahsulot tayyor bo‘lishi uchun uni ikki marotaba: dastlab 10-12 soat, keyin 8 soat maxsus tandirda olovda toblash kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0