TOShKENT, 9 apr - Sputnik. O‘zbekistonda 1,6 million bolalar (70%) maktabgacha ta’lim olimaydi, deb e’lon qildi BMT Bolalar fondi (YuNISEF).
YuNISEF hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda 175 million bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qiydi.
O‘zbekistonda har 3 boladan 2 nafari hayot uchun o‘ta muhim investitsiya bo‘lgan – maktabga ta’limdan quruq qolmoqda. Bu ular hayotining eng boshidanoq notenglik qurboni bo‘lish xavfini ortiradi, deyilgan xabarda.
Fond ekspertlari aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlarida har bir nafar pedagog 25 bolani, qishloqlarida esa 5 nafar bolani tarbiyalayotgani ma’lum. Bu juda past ko‘rsatgich.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabr oyida Qoraqalpog‘iston respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkentda bir yillik majburiy maktabgacha ta’lim dasturini amalga oshirish tajribasi joriy etilgan edi. 2019-yilning sentabr oyida ushbu tajribani butun respublika bo‘yicha joriy etish rejalashtirilgan.