Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Koreya Mun Chje In
Prezident Respubliki Koreya Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In 16-23 aprel kunlarida Markaziy Osiyoning uchta mamlakati bo‘ylab safar uyushtiradi.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Markaziy Osiyoning uchta mamlakati bo‘ylab safari doirasida 18−21 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Janubiy Koreya o‘zbekistonlik migrantlar uchun kvotalarni oshirdi

“O‘zbekistonda Mun Chje In prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qiladi”, - deyiladi xabarda.

Koreya Respublikasi prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 16−18 aprel kunlari u Turkmanistonga tashrif buyurib, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov va boshqa rasmiy shaxslar bilan hamkorlikni kengaytirish borasida muzokaralar olib boradi. Shuningdek, u 21-23 aprel kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabrida Janubiy Koreyaga safar uyushtirgan edi. 

O‘zbekiston va Janubiy Koreya energetika, neftgazkimyo, bank-moliya sohasida hamda qurilish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida yirik loyihalarni amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0