Saudiya Arabistoni fuqarosi O‘zbekistonga yirtqich qushlarni olib kirishga harakat qildi

Obuna bo‘lish
Lochinlar bilan birga xorijiy fuqaro yirtich qushlarni ovlash tuzoqlarini olib kirmoqchi bo‘ldi.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Saudiya Arabistoni fuqarosi O‘zbekistonga noquniy ravishda ikkita lochin va qushlarni ovlash uchun tuzoqlarni olib kirishga harakat qildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Ekologiya qo‘mitasi xodimlari Toshkent xalqaro aeroporti bojxona xizmatchilari bilan birgalikda Dubaydan uchib kelgan Saudiya Arabistoni fuqarosi tomonidan ikkita lochin olib kirish holatini oldini olishdi.  

© GoskomekologiiGrajdanin Saudovskoy Aravii xotel vvezti v Uzbekistan sokolov dlya oxoti
Saudiya Arabistoni fuqarosi O‘zbekistonga yirtqich qushlarni olib kirishga harakat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Grajdanin Saudovskoy Aravii xotel vvezti v Uzbekistan sokolov dlya oxoti

Lochinlar bilan birga xorijiy fuqaro yirtqich qushlarni ovlash bo‘yicha tuzoqlar olib kirmoqchi bo‘ldi.

“Qushlarni respublika hududiga olib kirish maqsadi - lochin ovini amalga oshirish bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Qushlar vaqtincha maxsus qushxonaga berildi.  

“Xorijiy fuqaroni qonun hujjatlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0