Rossiyada jinoyatlarning faqat 3,5 %ini migrantlar sodir etgan

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada xorijiy fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni kamayib bormoqda - bosh prokuror Yuriy Chayka.

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Rossiyada 2018-yilda fosh etilgan jinoyatlarning 3,5 % migrantlar tomonidan amalga oshiriladi, deb Federatsiya Kengashida hisobot berdi bosh prokuror Yuriy Chayka.

“2018 yilda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarning umumiy ulushi 3,5 %ni tashkil qildi. 2016 -2017 yillarda ushbu ko‘rsatgich – 3,7 %ga teng edi”, - deyilgan bosh prokuror hisobotida.

Undan tashqari Yuriy Chayka aytishiga qaragandan so‘nggi yillarda xorijiy fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar soni kamayib bormoqda: 2016-yilda – 43933ta (-8,9%), 2017-yilda –41 047ta (-6,6%) va 2018-yilda – 38 598 (- 6,0%).

Migrantlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni Qrim, Moskva viloyati va Sankt-Peterburg hududlarida Rossiyaning boshqa hududlariga qaraganda nisbatan ko‘proq.

Shuningdek, xorijiy fuqarolar amalga oshirayotgan jinoyatlar orasida eng ko‘pi o‘g‘irlik - u jami jinoyatlarning 25 %ini tashkil qiladi, - deyilgan hisobotda.

Yangiliklar lentasi
0