TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Chimonda 7-aprel kuni katta ekoaksiya o‘tkazildi. Bu haqda shiPOWnik xabar qildi.
Aksiya ishtirokchilari tog‘li hududni axlatdan tozalab chiqishdi. Biroq, Chimonda axlat juda ko‘p ekan, yig‘ilgan ko‘ngillilar faqat hududning bir foizi tozalandi.
“Kechagi shanbalikdan so‘ng, Chimonda haqiqiy ekologik ofat yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi”, - deb yozgan aksiya ishtirokchilardan biri.
Shuning uchun aksiya tashkilotchilari 13-14 aprel kunlari barcha istak bildirganlar hududni tozalash uchun chiqish taklif qilishdi.
Aksiya tashkilotchilari ko‘ngillilarni transport bilan ta’minlashni rejalashtirishmoqda.
Chimon — Chorvoq kurort va dam olish zonasi O‘zbekistondagi tog‘ sayyohlik biznesini rivojlantirish bo‘yicha eng yirik loyihasi hisoblanadi. Uning hududida 3 ta yirik sog‘lomlashtirish markazi, bir qator xususiy mehmonxonalar va sanatoriyalar mavjud.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, g‘arb tomondan rossiyalik sayyohlarining kelishi ko‘payishi hisobiga Chimon salohiyatini yanada oshirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamip, ikki yil oldin Chimon tog‘ kurorti yoz mavsumida MDHdagi eng ommabop dam olish maskanlari ro‘yxatining yuqori beshligidan joy olgandi.