TOShKENT, 8 apr – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 9-apreldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 31,75 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8451,37 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 33,08 so‘mga qimmatlashib, 9477,37 so‘mga teng bo‘ldi.
1 rubl 1,23 so‘mga ko‘tarilib, 129,37 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
O‘tgan hafta O‘zbekistonda AQSh dollari kursi salkam 30 so‘mga qimmatlashgan edi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.