TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 9-12 aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-aprelda 7-12, 10-12 aprel kunlari 5-10 daraja iliq, kunduzi 9-10 aprel kunlari 15-20, 11-aprel kuni 17-22 daraja iliq, 12-aprel kuni 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 10-12 aprel kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-aprelda uning tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-aprelda kechasi 10-15, kunduzi 17-22, 10 -11 aprel kunlarida kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 12-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9-11 aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-aprelda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-aprelda kechasi 10-15, kunduzi 17-22, 10-aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22, 11-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 12-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9-10 aprel kunlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-12 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 10-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 11-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 12-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9 va 12-aprel kunlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 10-11 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 9 va 12-aprel kunlari 20-25 daraja issiq, 10-11 aprelda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo o‘zgarib turadi, vaqti vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 9-10 aprelda ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-10 aprelda 5-10, 11-12 aprelda 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi