TOShKENT, 8 apr - Sputnik. "O‘zbekiston temir yullari" ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi bilan yana ikkita Talgo-250 tezurar elektropoyezd va to‘rtta ekonom-klass vagonlar yetkazib berish haqida shartnoma imzoladi, deb xabar qilingan Hukumat qarorida.
Ispaniya poyezdlari 2019-2021 yillar davomida yetkazib beriladi. Poyezdlar sotib olish shartnomasining umumiy qiymati 57,5 million Yevroni tashkil qiladi. Ushbu kredit Ispaniyaning korporativ internatsionallashtirish Fondi tomonidan O‘zbekistonga 30-yil muddatga beriladi. Undan dastlabki 10-yili 0,05 % li imtiyozli muddat hisoblanadi.
O‘zbekistonning ushbu bitimdagi ulushi 15,3 million yevroni tashkil qiladi. Undan 14,37 millioni – soliq va bojxona imtiyozlari va 934,4 tisachi yevro- O‘zbekiston temir yo‘llari mablag‘i.