TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Toshkentda Aprel oyining birinchi haftasida 24ta “to‘xtash ta’qiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlandi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Poytaxtda noo‘rin o‘rnatilgan yo‘l belgilarini o‘rganib chiqish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida Toshkentda YHXBB qoidani buzgan tartibda to‘xtab turgan transport vositalarini avtomatik ravishda qayd etishni boshlagan edi.
Ushbu videokamera quyidagi tartibda ishlaydi: maxsus avtomobil saloniga o‘rnatilgan kamera to‘xtab turgan avtomobillar joyi va davlat raqamlarini avtomatik ravishda qayd etadi. Oradan 5-10 minut o‘tib avtomobil xuddi shu yo‘nalishda takroran o‘tadi va to‘xtab turgan avtomobillar nomerlarini birinchi o‘tishda qayd etilgan nomerlar bilan solishtiriadi. Ikki martaba ham to‘xtab turgani qayd etilgan avtomobilga jarima yoziladi.