TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Qozog‘iston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Berik Sholpankulov jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, poytaxt nomida adashib ketdi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan xabar qilmoqda.
“Olmaota, Ostona shaharlarida ....a, ya’ni, Nur-Ostonada... yo‘q, Nur-Sultonda, kechirasiz”, - deb adashib ketgani uchun uzr so‘radi moliya vazirining o‘rinbosari.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab foydalanuvchilar ushbu holatni to‘g‘ri qabul qilishdi va vazir o‘rinbosarini anglashilmovchilik uchun ayblashmadi. Ayrimlari o‘zlari ham bu nomga haligacha o‘rgana olishmayotganliklarini qayd etishdi.
Qozog‘iston poytaxti Ostona yangi prezident Kasim-Jomart Tokayevning tashabbusi bilan 23-mart kuni Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb qayta nomlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostonani Nur-Sulton deb o‘zgartirish – bu texnik o‘zgartirishlar, ular qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmasligi haqida xabar qilgan edik.