Toshkent aeroportida qoraga bo‘yalgan tilla ushlandi

© Foto : pixabay.comRemen na brukax
Remen na brukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonga uchib ketayotgan fuqaroning qora kamari asli tilladan yasalgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Toshkent aeroportida “tilla kamar” operatsiyasi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Toshkent-Dehli” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishi kerak bo‘lgan fuqaro AA, yashil yo‘lakdan o‘tib ketish vaqti bojxona xodimlarining e’tiborini tortadi.

Belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda ushbu fuqaro kamarining o‘tkazgichi tilladan yasalib, bojxonachilar payqamasligi uchun qora rangga bo‘yalgani fosh etildi. Shuningdek, u oyoq kiyimlari ichiga ham tilla yashirgani aniqlandi.

Fuqaro A.A.dan olingan ashyoviy dalillarning vazni 200 grammni tashkil etib, umumiy qiymati 59 million so‘mga tengligi ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0