Dehqonobodda temir yo‘llar qayta tiklandi

Obuna bo‘lish
Dehqonobodda ko‘chki oqibatida cho‘kib qolgan temir yo‘llar qayta tiklanib poyezdlar qatnay boshladi.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida pasayib qolgan temir yo‘llar qayta tiklanib poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston  temir yo‘llari.

“Ayni damda, shikastlangan temir yo‘lning ustki qismini tiklash va mustahkamlash ishlari yakunlandi va po‘lat izlar to‘liq tiklandi. Poyezdlar harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

FVV xabariga ko‘ra, 5-6 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli Dehqonobod tumani hududidagi Oqrabot qishlog‘ida ko‘chki sodir bo‘lgan va temir yo‘l izlari pasaygan. Shu sababli 56 vagondan iborat yuk poyezdi to‘xtashga majbur bo‘lgan, ayrim vagonlar izidan chiqib ketgan. Ushbu hodisada fuqarolar zarar ko‘rmagan. Temiryo‘l vagonlari ham shikastlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0