Shavkat Mirziyoyev Termiz aeroportining yangi terminali bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s novim terminalom mejdunarodnogo aeroporta Termeza
Prezident oznakomilsya s novim terminalom mejdunarodnogo aeroporta Termeza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirgan.

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.

Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev ushbu nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirgan.

Keng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu terminal soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Bojxona nazorati, aviatsiya xavfsizligi va bagaj olish joylarida tezkorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Kutish zallari, CIP zonalar, ona va bola xonalari, namozxona, tibbiy punkt va boshqa bo‘limlarda yo‘lovchilarning barcha ehtiyojlari inobatga olingan. Duty Free do‘konlari, bepul Wi-Fi xizmati, chet ellik turistlar uchun viza olish sektori tashkil etilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNoviy terminal mejdunarodnogo aeroporta Termeza
Shavkat Mirziyoyev Termiz aeroportining yangi terminali bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston
Noviy terminal mejdunarodnogo aeroporta Termeza

Prezident terminalda yaratilgan sharoitlarni ma’qullab, endi bundan samarali foydalanish, xalqaro reyslar va chet ellik sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etish loyihasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0