TOShKENT, 5 apr - Sputnik. 2019-yil 4-aprel kuni MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
“Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida Turkmanistonning 2019-yilda MDHga raisligi doirasida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, uchrashuvda tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qilindi.
2018-yilda o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 302 mln. AQSh dollaridan oshib, avvalgi yilning shu ko‘rsatgichiga nisbatan deyarli 70% ko‘proqni tashkil etdi, deyiladi xabarda.