O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi

© OONSetki ot komarov pomogayut borotsya s malyariyey
Setki ot komarov pomogayut borotsya s malyariyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida L. Kuppens xonim O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni bezgakdan xoli qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e’tirof etgan.

© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanUzbekistan priznan svobodnoy ot malyarii stranoy
O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan priznan svobodnoy ot malyarii stranoy

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2017-yilda O‘zbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e’tirof etgan bo‘lsa, endilikda esa mamlakat bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0