TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston Xitoy-Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron temir yo‘l yo‘lagiga qo‘shildi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘li” matbuot xizmati xabar qildi.
Kecha, 4-aprel kuni Olmaotada umumiy xalqaro transport yo‘lagida yuk tashishni yanada rivojlantirish masalasi bo‘yicha Qozog‘iston, Xitoy, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi konteyner tashishdagi O‘zbekiston tomonining ishtiroki, shuningdek, o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Qozog‘iston temir yo‘llari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Kanat Almagambetovning ta’kidlashicha, konteyner yukining oqimi, ayniqsa, O‘zbekistonga va “Bolashak” stansiyasi orqali Eronga ortgan. O‘zbekiston qo‘shilishi bilan yo‘lak ancha qisqaradi.
O‘zbekiston va Eron hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi
Ta’kidlanishicha, uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolangan.