O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul kotibi oyligi oshiriladi

V Sergeli otkrili noviy guzar maxalli "Sofdil"
V Sergeli otkrili noviy guzar maxalli Sofdil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolar fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan beriladi.

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi joriy yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1-oktabrdan 1,2 baravarga oshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, prezident farmoniga asosan fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolar fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan beriladi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi, pensiya miqdorini aniqlash tartibiga doir prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

2019 yil 1-iyundan fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

“Mahalla” teleradiokanali fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilandi.

2019 yil 1-iyulgacha fuqarolar yig‘inlari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga ulanadi hamda ular uchun imtiyozli tarif tasdiqlanadi. 2020-yil 1-yanvargacha “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Mahalla” elektron ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi.

Yangiliklar lentasi
0