TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Ukrainaning amaldagi prezidenti Potr Poroshenko saylovlarning birinchi turi g‘olibi Vladimir Zelenskiyning debatlarni telestudiyada emas, balki stadionda o‘tkazish haqidagi taklifiga rozilik berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Kiyev stadionda xalq oldida debat o‘tkazish saylovlarning birinchi turida g‘olib bo‘lib, ikkinchi turga o‘tgan nomzod Vladimir Zelenskiy tomonidan taklif etilgan edi. U Poroshenkoga o‘ylab ko‘rish uchun 24 soat muhlat bergan edi.
“Iltimos, prezident saylovlari haqidagi qonunda debatlar o‘tkazish tartibi haqida keltirilgan joyni o‘qib oling. Debatlar Jamoatchilik televideniyesi bazasida o‘tkazilib, o‘n millionlab kishilar uchun barcha telekanallarda translyatsiya qilinishi mumkin. Mayli, stadionda bo‘lsa stadionda bo‘laqolsin. Men sizni kutaman, Vladimir Aleksandrovich”, — deya murojaat qilgan Poroshenko Twitter sahifasida.
Pravila debatіv propisanі v zakonі pro vibori Prezidenta, pochitayte bud laska. Voni mojut vіdbuvatisya na bazі Suspіlnogo telebachennya z translyasієyu po vsіx telekanalax dlya desatkіv mіlyonіv lyudey.
— Petro Poroshenko (@poroshenko) 4 aprelya 2019 g.
Ale stadіon, tak stadіon.
Ya chekayu na Vas, Volodimire Oleksandrovichu. pic.twitter.com/O0e9AInEO5
Qonunga binoan, teledebatlar juma, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tishi lozim.
Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi
Ukraina prezidenti saylovlari 31-mart kuni o‘tkazildi. Ukraina MSKning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan nomzodlardan hech qaysisi yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shuning uchun saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ikkinchi turda 30,24 foiz ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy va 15,95 foiz ovoz to‘plagan Potr Poroshenko prezidentlik kursisi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.