TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Janubiy Koreyada dunyodagi ilk tijoriy beshinchi avlod (5G) tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Ilm va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligiga tayanib xabar qildi.
Janubiy Koreyaning uch yetakchi operatorlari SK Telecom Co., KT Corp. va LG Uplus Inc. ushbu shaklda xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Hukumat rejalariga ko‘ra, 5G tarmoqlaridan avvaliga Seul va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida foydalanish mumkin bo‘ladi, joriy yil yakuniga kelib, mamlakatning 85 foizi mazkur tarmoq xizmatlaridan foylalanishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 5G tarmog‘i soniyasiga 10Gbitdan yuqori tezlikda ma’lumotlar bilan almashish imkonini beradi. Bu esa 4G tarmoqlariga qaraganda 30 baravarga tezroq ekanligini anglatadi.