O‘zbekiston “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning qotilini vaqtincha Tojikistonga topshirdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoqub G‘afurov O‘zbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 20-yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi.

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Tojikiston Bosh prokuraturasi so‘rovi bo‘yicha mahkum Yoqub G‘afurovni (Tojikiston fuqarosi, 1973-yilda tug‘ilgan) qo‘shni davlat vakolatli organlari qo‘liga topshirdi. Bu haqda Sputnik agentligiga O‘zbekiston Bosh prokuraturasining matbuot xizmati xabar qildi.

Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, 19-yanvar kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tojik tomonining so‘rovini qanoatlantirdi va 12-fevral kuni mahkum Yoqub G‘ofurovni tegishli qonun va xalqaro hujjatlar talablari asosida Tojikistonning uni keyinchalik jazoni davom ettirishi uchun O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risidagi kafolati ostida qo‘shni davlat vakolatli organlariga vaqtinchalikka topshirdi.

Yoqub G‘afurov 1999-yilda Tojikiston hududida qo‘shni davlat Jinoyat kodeksining qator moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Tojikistonga vaqtinchalik topshirildi.

2010 yil 17-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Yoqub G‘afurovni O‘zbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 20-yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi. Jumladan, Yoqub G‘afurov sheriklari Alisher Sattorov va Qahramon Po‘latov bilan “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning o‘limida aybdor deb topilgan.

Mark Vayl 2007-yil 6-sentabrda o‘ldirilgandi. Unga uyining pod’ezdida hujum qilingan. Og‘ir tan jarohatlarini olgan 55 yoshli Mark Vayl shifoxonada vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0