TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Norvegiya birinchi bo‘lib O‘zbekistonda tashkil etilgan Orolbo‘yi hududida insoniyat xavfsizligi fondiga pul o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Norvegiya hukumatining Nyu Yorkdagi ofisi 9,5 million krona (1,1 million dollar) mablag‘ o‘tkazish haqida shartnoma imzoladi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu fond, o‘rtacha hisobda 2 million kishi yashayotgan orolbo‘yi hududiga, 5-yil ichida 123,2 million dollar jalb qilishni rejalashtirgan.
Ushbu fonda ochilgan vaqtida, O‘zbekiston hukumati 6,5 million dollar miqdorida birinchi to‘lovni amalga oshirgan edi. Fondga shuningdek Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Shveysariyadan to‘lovslar haqida shartnoma imzolangan edi.