O‘zbekistondan 1,5 million dollar olib chiqib ketishning oldi olindi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DXX Namangan 1,5 million dollarni qo‘shni respublikaga olib chiqib ketayotgan mashinani to‘xtatib qoldi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati O‘zbekistondan 1,5 million AQSh dollarini olib chiqib ketishning oldini oldi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Namangan viloyatining Yakkaqo‘rg‘on tumani “G‘aznon” mahalaasida 1983-yilda tug‘ilgan, oldin sudlangan Baxrom Baxodirov boshqarib kelayotgan Nexia-3 avtomobili to‘xtatilganda, uning ichidan 967 311 AQSh dollari chiqqan.Tekshiruv ishlari natijasida Baxodirov avtomobilni bojxona nazorati postini chetlab o‘tgan holda Qirg‘izistonga jo‘natib yuborishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek uning sherigi, 1972-yilda tug‘ilgan Abdumajid Nosirov boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomobili Chust tumanida to‘xtatib tekshirilganda uning ichidan 591 487 AQSh dollari chiqqan. Pullarni Baxrom Baxodirov orqali qo‘shni respublikaga jo‘natib yuborish rejalashtirilgani aniqlangan.

Shunday qilib, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar yordamida O‘zbekiston hududidan 1 558 798 AQSh dollarini olib chiqib ketishning oldi olindi. Ayni damda ushbu ish yuzasidan jinoyat ishi ochilib tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0