O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar nimalarga yo‘naltiriladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRabota ofisa fondovoy birji
Rabota ofisa fondovoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mablag‘lar mamlakat va xalqning farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekistan 90 foiz obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga yo‘naltiradi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

Ta’kidlanishicha, ushbu summa qariyb 900 million dollarni tashkil etadi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

“889,2 mln. AQSh dollari auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi”, - deyiladi Adliya vazirligining rasmiy telegram kanalida.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 20 mln. dollar “Agrobank” ATBga qarz sifatida beriladi. 89,9 mln. dollar esa  “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.

Mazkur mablag‘lar mamlakat va xalqning farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.

2019 yil fevralda jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10-yillik suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0