Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishDvijenie transporta v gorode Tashkente
Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi tuzilmasi tarkibida “Toshkent transporti” davlat unitar korxonasini tashkil etish taklifini ma’qullash ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. “Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish haqida yangi qaror tasdiqlandi

Qaror loyihasida aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar hokimligi tuzilmasi tarkibida “Toshkent transporti” davlat unitar korxonasini tashkil etish taklifini ma’qullash ko‘zda tutilgan.

“Toshkent transporti” korxonasining asosiy vazifalari:

- 2019-2021 yillarda jamoat transporti bekatlarining yagona konsepsiyasini joriy etish, ushbu bekatlarda nogironlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, “WiFi” va jamoat transporti kelishiga  qolgan vaqtni ko‘rsatuvchi elektron tablo mavjudligi inobatga olinadi;

- avtomobil turargohlarga avtoulovlarni kiritish (qoldirish) vaqtida, inson omilini istisno qiluvchi, avtomatlashtirilgan hisob-kitob va to‘lov tizimlarini joriy etish;

- Toshkent shahrining parkovka hududini boshqarish bo‘yicha yagona markaz tashkil etish;  

- yo‘l harakati qoidalarini buzgan, parkovka to‘lovini to‘lamagan, yo‘l transport hodisalar sodir bo‘lgan holatlarda avtomobillarni evakutsiya qilish uchun "Toshkent shahar hokimiyatining evakutsiya xizmati"ni tashkil qilish;

- shahar yo‘l-transport infratuzilmasi va transport masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha yagona call-markaz tashkil qilish;

- Toshkent shahrining barcha svetofor obyektlarini onlayn rejimida boshqarish bo‘yicha yagona markazning “Yo‘l harakati xavfsizligini komyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi”ni tashkil etish;

Qaror loyihasi 18-aprelgacha muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi avtomatlashtirilgan AutoCon-SC/M majmualari yordamida "Chorsu” bozori, boshqa bozorlar va bekatlarni noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomashinalardan bo‘shatilishi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0