Toshkent propiskasi va davlat boji stavkalari: qaror loyihasi muhokamadan olib tashlandi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror loyihasida Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olinganda undiriladigan davlat boji bilan bog‘liq masalalar nazarda tutilgan edi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. “Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi

Loyihada Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olinganda undiriladigan davlat boji bilan bog‘liq masalalar nazarda tutilgan edi.

Xususan, qaror loyhasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 5 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining kamida 10 baravari miqdorida;

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 10 foizi miqdorida to‘lov undirish yozilgan edi.

Adliya vazirligi davlat boji stavkalarini kompleks ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib hamda propiska masalasida qonun hujjatlarini takomillashtirish masalasi qo‘shimcha o‘rganilayotganligi sababli loyiha jamoatchilik muhokamasidan olib tashlanganligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0