TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Moskva Nur-Sultonga atom elektr stansiya qurishni taklif qildi.
Bu haqda Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
“Hamkorlikning yangi shakllariga o‘tishni taklif qilamiz. Ya’ni, birinchi navbatda Rossiya texnologiyalari bo‘yicha Qozog‘istonda AES qurish imkoniyati haqida”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Shuningdek, prezident ikki mamlakat neft-gaz sohasida faol hamkorlik olib borilayotganini qayd etdi.
“Lukoyl qozog‘istonlik sheriklar bilan hamkorlikda Kaspiyda “Markaziy” konini o‘rganish bo‘yicha korxona tuzildi”, - dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘iston prezidenti o‘zining Moskvaga ilk xorijiy tashrifini boshladi.
Tashrif davomida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolash ko‘zda tutilgan.