Rossiya Mirziyoyev yo‘lga qo‘ygan mexanizmga qiziqib qoldi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putinning maslahatchisi Mixail Fedotov Samarqandda "Prezident xalq qabulxonalari" ishi bilan tanishgach, bu loyiha haqida fikrlarini bildirdi

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan prezident xalq qabulxonalari faoliyati rossiyalik huquq himoyachisi, Rossiya prezidenti maslahatchisi Mixail Fedotovda juda katta taassurot qoldirdi.

Sovetnik prezidenta RF Mixail Fedotov posetil narodnie priyemnie i oznakomilsya s ix deyatelnostyu - Sputnik O‘zbekiston
"Nafas olish yengillashibdi": Rossiya prezidenti maslahatchisi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida

Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya yuridik forumi doirasida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusi davomida Fedotov bu borada o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men Samarqandda Prezident xalq qabulxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Haqiqiy ta’sirli manzara! Fuqaro kelib, bir vaqtning o‘zida u yerda istalgan davlat organi: xoh u militsiya bo‘lsin, yoki prokuratura, yoki soliq xizmati va boshqa idoralar mutaxassislaridan maslahat olishi mumkin. Yo‘lga qo‘yilgan ushbu mexanizm juda muhim. O‘ylaymanki, biz bu tajribani o‘rganamiz", - dedi Fedotov.

Rossiya prezidenti maslahatchsi, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo maydonida huquqni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish mavzusida ilgari surilgan tashabbuslarga ham "o‘ta muhim", deya baho berdi hamda Samarqandda kelajakda muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yuridik forumda Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengashim ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

"O‘zbekiston birinchi qadamni qo‘ydi, biz ikkinchisini tashlashga tayyormiz. Birgalikda qadam tashlaymiz!", - dedi Fedotov.

Yangiliklar lentasi
0