Gulnora Karimovaning advokati uning qaysi qamoqxonada ekanini aytdi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishDen rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning advokati Greruar Manja Zangiotadagi ayollar qamoqxonasida bo‘ldi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Shveysariyalik advokat Greruar Manja Zangiotadagi 21-sonli ayollar koloniyasiga Gulnora Karimova bilan uchrashish uchun keldi. Bu haqida u o‘zining  Twitterida xabar qilgan.

“Zangiotadagi 21-sonli ayollar qamoqxonasiga keldim. Karimova bilan uchrashishga urinayapman”, - deb yozgan advokat o‘z xabarida.

Oradan bir kun o‘tib advokat qamoqxona suratini joylashtirib, bu yerga ikkinchi kun kelayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaga 2017-yilning 18-dekabrida 10-yil qamoq jazosi berilgan edi. Shundan so‘ng sud qamoq jazosini 5-yilga qisqartirib, uni Iman Karimovaning xonadonida o‘tashga ruxsat bergan edi.

Bir necha kun oldin, kelishilgan shartlarni bajarmagani va ozodlikni cheklash jazosini o‘tash qoidalarini buzgani uchun Karimova mart oyining boshida yana qamoqxonaga qaytarilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0