Futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkinga hujum uyushtirildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovSportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin
Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vasiliy Utkin YouTube-kanalda aytgan so‘zlari kimgdir yoqmagani uchun, uning yuziga achituvchi suyuqlik sepib ketishdi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Rossiyalik taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Vasiliy Utkinga noma’lum shaxslar hujum qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bu "Egrisi" (havaskor futbol jamoasi) mashg‘ulotidan so‘ng sodir bo‘ldi. Bu men har doim bo‘ladigan joy. Kapushonli kiyim kiygan yosh yigitcha "Loko-Sport" sport majmuasidan chiqib moshinamga o‘tirmoqchi bo‘lganimda yuzimga bir narsa sepdi. Achishi to‘xtadi, lekin boshim haliyam aylanayapti. Bo‘lib o‘tgan voqeani telefonga suratga oldi – hisobot uchun”, - deb yozdi Utkin.

Futbol sharhlovchisi aytishiga qaraganda, ushbu ishni faqat 2 kishi bajarishi mumkin va bu uning yaqinda YouTube-kanalda aytgan so‘zlari uchun qasos olish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Utkinga 2001-yilda ham hujum qilingan edi. O‘shanda notanish kishilar uning orqasidan kelib 2 marotaba o‘tkir tig‘li predmet (zatochka) bilan zarba berishgan edi. Utkin shundan so‘ng kasalxonaga tushgan edi.

Yangiliklar lentasi
0