Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston bilan energetika sohasidagi bitimni imzoladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNeftanaya platforma
Neftanaya platforma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomoni yiliga 2 million tonnagacha bo‘lgan hajmda Qozog‘iston neftini olishga qiziqish bildirgan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev O‘zbekiston bilan energetika sohasidagi hamkorlikning ayrim masalalari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

Qozog‘iston rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu qonun loyihasi avvalroq Qozog‘iston parlamenti senati deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilib ma’qullangan.

Magistralniy nefteprovod - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistonda neft quvuri qurishni rejalashtirmoqda

Bitim neft-gaz, neft-kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi hamkorlikni rag‘batlantirish, Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, kelishuv tomonlari gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Hujjatda O‘zbekiston tomoni yiliga 2 million tonnagacha bo‘lgan hajmda Qozog‘iston neftini olishga qiziqish bildirgani qayd etilgan. O‘zbekiston tomoni neftning rejalashtirilayotgan hajmini qabul qilib olish uchun o‘z hududida neft transporti va neftni qayta ishlash infratuzilmalari qurilishini vaqtida yakunlashga kafolat berayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, bitim doirasida uning barcha normalari o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish nazarda tutilgan.

Ladon zapachkannaya neftyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyadan 5 million tonnagacha neft sotib olishni rejalashtirmoqda

Bitim bilan Qozog‘iston tomoni Chimkent-Jizzax magistral neft quvuri ishga tushirilgunga qadar magistral quvur orqali neft transportirovkasi bo‘yicha xizmatlarga nol stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solishini tartibga solinadi. Shu bilan birga, Qozog‘iston soliq qonunchiligiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish maqsadida magistral quvur orqali neft transportirovkasi bo‘yicha xizmatlar Qozog‘iston tomonidan xalqaro tashuvlar sifatida ko‘riladi

Yangiliklar lentasi
0