Sankt-Peterburgdagi Harbiy akademiya binosida portlash sodir bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi jarohatlangan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi Mojayskiy nomidagi Harbiy-kosmik akademiya binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Mintaqaning favqulodda xizmat vakilining ma’lum qilishicha, to‘rt nafar kursant jarohatlangan.

“78” mahalliy telekanal xabariga qaraganda, portlash oqibatida zinapoya o‘rtasidagi bo‘shliq qulab tushgan, 3-qavatda 15 kishi qolib ketgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, mina ishga tushgan. Hozircha portlashning aniq sababi ma’lum emas.

Hodisa joyiga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tekshiruv ishlari olib borishmoqda. Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati vakillari yetib kelishdi. Hozirda portlash sababini aniqlash borasida ish olib borilmoqda.

A.F. Mojayskiy nomidagi Harbiy-kosmik akademiya – Rossiyaning yirik harbiy oliygohlaridan biri. Akademiyada Harbiy-kosmik kuchlari va turli Harbiy kuchlar hamda  ijro etuvchi hokimiyat federal organlari ofitserlari tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0