TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Rossiya prezidentining maslahatchisi Samarqandagi Virtual va Xalq qabulxonlari faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Rossiya prezidenti maslahatchisi, Rossiya Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi M.Fedotov O‘zbekiston prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi”, - deyilgan xabarda.
Fedotovga O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori A.Saidov hamrohlik qildi.Rossiya delegatsiyasi tarkibida, shuningdek Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi, yuridik fanlar doktori Baturin Yu.M. va
Rossiya prezidenti huzuridagi Jamoatchilikni rivojlantirish qo‘mitasi xodimi Mitin O.Yu. ham bor edi.
Yuqori martabali mehmonlarni Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Uzakov kutib olib, Virtual va Xalq qabulxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.